Bog`dan sabo yelibdimi ko`ringlarchi,
Olma hidi kelibdimi bilinglarchi.
Do`lonaday duv to`kildi xushhabarlar,
Bog` sayriga boramizmi yuringlarchi.
Sayr qilsam qolmasmidi armonimey,
Omon bo`lsin bog` yaratgan bog`bonimey.
Non ushlasam, xayolimga kelganimsiz,
Dasturxondan kulib qarab turganimsiz.
Elu yurtning ro`zg`orini butun qilib,
Oy uxlasa, uxlamasdan yurganimsiz.
Mehnatkashim, pahlavonim, polvonimey,
Uy to`riga yarashganim dehqonimey.
Bayram deya qutlab keldim, yayrab keldim,
Bug`doyzordek tebrandi dil, o`ynab keldim.
Bolasidek suysa meni paxtakorim,
Otam dedim, onam dedim, yo`qlab keldim.
O`zi yerday, ko`ksi baland osmonim-ey,
Chorvodorim, mirishkorim dehqonim-ey.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 11, 2016