Olis yulduzlarga zimdan nazar sol,
So`ngsiz kechalarning sokin bag`rida.
Oyning shulalarin hovuchingga ol
Va ulardan so`ra sevgim haqida.
Namli kipriklaring ustiga qo`ngan
Kapalakning rangin sochlarin tarar.
Shabnam bo`lib, qonli ko`z yoshim tomgan
Chamanlardan sevgim haqida so`ra.
Ma’yus ko`zlarimning qaroqlarida
Majnun muhabbatning tug`yonini ko`r.
Sermavj dengizlarning qirg`oqlarida
To`lqinlardan sevgim to`g`risida so`r.
Vasling firoqida jon berar bo`lsam,
Lablarimga qaynoq lablaringni sur.
Hayotga qaytarman o`shanda birdan,
Sen o`limdan ishqim qudratini so`r.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 9, 2016