Sarvar - Sen yolg'iz emassan

Sarvar

Sen yolg’iz emassan

Ollohimning sinovlari boshingga tushsa,
Hayot chetdan senga tashvish atasa,
Taqdirga qorong`u zulmatlar bitsa,
Qayg`urma, sen yolg`iz emassan!

Boshini tutguvchi dardkash topmasang,
Alamdan chidolmay hamroh topmasang,
Bevafo dunyodan vafodor izlab,
Qayg`urma, sen yolg`iz emassan!

Boshingni silovchi Vatandir seni,
Ustozing ham onang, otangdir seni,
Yoningda bir tomda yotgan jigarlar,
Qarindosh-yaqining, joningdir seni.

Hech kimga kerakmas, kimsaman, dema,
Na opa, na uka, farzandman, dema,
Yolg`izlik domiga aslo tortmasin,
Sinmagin, u hayot xandon kulmasin!

Ota-onang ayblab, qilmagin xato,
Beshafqat bu hayot, tushungil ammo.
Baxt ne, deb izlama, yoningdadir biz,
Tinch yurtda tug`ilib o`sganing baxtdir!

Hayot quvonchlari, hali oldinda,
Qayg`urma, sen yolg`iz emassan!

(Yarim ko`ngillarni tog`day ko`targan,
Bizlarga ummonday mehr atagan,
Bag`ri keng insonlar, bor bo`ling sizlar,
Спасибо за веру, надежду и любовь,
За детскую радость, счастливое детство!)

Xalqin kelajagin o`ylagan Yurtboshim,
Yovlardan asragay seni yurtdoshim!
Bolaning qadriga yetguvchi bu yurt,
Ishon, sen yolg`iz emassan!

Boshingni silovchi Vatandir seni,
Ustozing ham onang, otangdir seni,
Xalqin kelajagin o`ylagan Yurtboshim!
Qadrlab o`taylik, keling yurtdoshim!

Ishongin, sen yolg`iz emassan!
Поверь, ты не одинок!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen yolg’iz emassan
Xonanda:
Sarvar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016