Meni xayol olib ketar sen tomon har on,
Yoningda bo`lishni orzu qilaman.
Ishonganing bo`lib, ayta qolgin, men qachon
Sening yuragingda sayr etaman.
Judayam o`jarsan, juda o`jarsan,
Hech nima yoqmaydi sening ko`nglingga.
Seni xafa qilib qo`yishdan qo`rqaman,
Buni sen bahona deb o`ylama.
Sevadi-sevmaydi deb o`tirishdan
Foyda yo`q, sen mendan ayb izlama.
Sen qachon sevgingni tan olganingda,
Men faqat o`shanda senga qaytaman.
Bilmadim, ne yoqmas senga mening sevgimda,
Bilasan, sen uchun borim beraman.
Seni jonimdan ham ortiq sevganimda
Ishongin, qaramas edim senga ham.
Judayam o`jarsan, juda o`jarsan,
Hech nima yoqmaydi sening ko`nglingga.
Seni xafa qilib qo`yishdan qo`rqaman,
Buni sen bahona deb o`ylama.
Sevadi-sevmaydi deb o`tirishdan
Foyda yo`q, sen mendan ayb izlama.
Sen qachon sevgingni tan olganingda,
Men faqat o`shanda senga qaytaman. (x1+x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 9, 2016