Sizlarga bir voqeani aytib bermoqchiman.
Bu voqea qaysidir qishloqda sodir bo`lgan ekan.
Bir qiz bilan yigit bir-birlariga ko`ngil qo`yishib,
umrlarining oxirigacha birga bo`lishga
ahdu-paymon qilishibdi.
Shu orada yigit shaharga o`qishga bormoqchiligini,
hamda xonanda bo`lib, elga xizmat qilish orzusi
borlgini qizga aytibdi.
Qiz ham bunga rozi bo`libdi.
Yigit: “Sevgilim, men o`qishni bitirib kelgach,
biz albatta birga bo`lamiz, katta to`yu-tomosha
qilib, turmush quramiz. Biz baxtli bo`lamiz”, debti.
Qiz ham yigitning bu gaplariga “ha” deb javob beribdi.
Yigit shaharga ketgandan so`ng, oradan bir muncha
vaqt o`tib, qizning uyiga ko`p joylardan sovchilar
kela boshlabdi. Qiz kelgan sovchilarga rad javobini
beribdi. Lekin sovchilarning ichidan bir boy yigitga
turmushga chiqishga rozilik beribdi.
Taqdirning taqozosini qarangki, kuyovning otasi
kelin bo`layotgan qizning ahdu-paymon qilgan yigitining
yoniga borib, shu to`yda qo`shiq aytib berishini
iltimos qilibdi. Yigit ham bo`lib o`tgan voqealardan
bexabar “xo`p bo`ladi, xizmat qilib beraman”, deb
rozi bo`libdi.
To`y boshlanibdi. Karnay-surnaylar chalinib,
kelinni yor-yorlar sadosi ostida to`yxonaga olib
kelishibdi. Shunda yigit ne ko`z bilan ko`rsinki,
sevgan yori kelin bo`lib kirib kelayotganmish.
Qizning ko`zi ham yigitga tushibdiyu, nigohlar bir lahza
qotib qolibdi. Yigitning ko`ziga dunyo qorong`ulashganday
tuyulibm ko`zlarida yosh ila shu qo`shiqni boshlabdi:
Kuylayurman nomus bilan, or bilan,
Yurak to`la armon bilan, zor bilan.
Zor titragan qo`limdagi tor bilan,
Kuyar bo`lsam, kuydim ko`ngil ko`yida,
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida. {x2}
Ko`ngil ichra go`yo gavhar topgandim,
Topgunimcha ortidan zor chopgandim.
Yillar hijron azobini totgandim,
Shirin hislar qoldi anhor bo`yida,
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida. {x2}
Oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Bevafo, oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Aylab meni xor-xor, dildor.
Dilim vayron, vayron ko`ngil koshonam,
Torim yig`lar, yig`lar sevgim nishonam.
Taqdir ekan, na qilay sho`r peshonam,
Yolg`iz qolsam nahot hijron o`yida,
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida. {x2}
Ko`ksim xanjar tilsa parvo qilmasdim,
Biz g`aribdan yor kechganin bilmasdim.
Bilganimda zar sochsalar kelmasdim,
Tillo uzuk yaltiraydi qo`lida,
O`zim hofiz sevgan yorim to`yida. {x2}
Oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Bevafo, oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Aylab meni xor-xor, dildor.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 12, 2016