Yana menmi aybdor, yana menmi gunohkor?
Axir hamma ayb senda, nega etasan inkor?
To`g`ri bitta aybim bor – senga ishondim bekor,
Sendan bugun kechaman, endi qaytmayman zinhor.
Mana endi mensiz xohlaganingdek sen yasha,
Mana senga erkin hayot, bu kutganing o`sha.
Endi ortiq sening hayotingga men qaytmayman,
Bugundan boshlab men uchun yo`qsan, o`ylamayman. (x2)
Yo`q, yuragim, aslo alamlar chekma,
Hali u o`zi afsuslar bilan qaytib keladi.
Yo`q, ko`zlarim, yoshdan to`xta, arzimas,
Ko`rishni xohlasang ham, u ko`rishni xohlamaydi.
Bilaman hozir sen uchun qanchalar og`ir,
O`rganib bo`lgan bir insonga naqadar axir.
Hali hayot oldinda, urib turishing kerak,
Ko`zlarim yosh to`kma, mayli, yig`lasin falak.
Lekin bu zarbaga hech qachon bo`lmayman taslim,
Ozor yetqazib qo`ysam, mani kechir, dilim.
Ko`zim, qalbim, g`ururim va nihoyat yuragim,
Bundan keyin ozor chekmaysan, bu o`g`il bola so`zim!
Bundan keyin to`kmaysan bir tomchi ham yosh,
Yurak, sani yulib olib bketmaydi hech qanaqa qalamqosh.
Barchasi unutilar, bo`lsin sabr, bardosh,
Bir kun kelib u qaytadi, aniq ko`zlarida yosh.
Mana endi mensiz xohlaganingdek sen yasha,
Mana senga erkin hayot, bu kutganing o`sha.
Endi ortiq sening hayotingga men qaytmayman,
Bugundan boshlab men uchun yo`qsan, o`ylamayman. (x2)
Barchasi unutilar bo`lsa sabr-bardosh,
Bir kun kelib u qaytadi aniq ko`zlarida yosh.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 14, 2016