Gul yuzing yal-yal yonadi,
Kipriklaring jon oladi,
Qora soching cho`lg`onadi,
Yor, uchrashganda nigohlarimiz. (x2)
So`zlar kelmas, til aylanmas,
Qalbimizda shirin bir havas.
Ko`ngil bu kun muhabbatga mast,
Yor, uchrashganda nigohlarimiz.
Ko`ngil bu tun muhabbatga mast,
Yor, uchrashganda nigohlarimiz.
Hijron azob, visol yaxshi,
Sog`inchli bir xayol yaxshi.
Yurak so`zlar: vafo yaxshi,
Yor, uchrashganda nigohlarimiz. (x2)
So`zlar kelmas, til aylanmas,
Qalbimizda shirin bir havas.
Ko`ngil bu kun muhabbatga mast,
Yor, uchrashganda nigohlarimiz.
Ko`ngil bu tun muhabbatga mast,
Yor, uchrashganda nigohlarimiz. (x1+x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 14, 2016