Muncha azob, dilda bu alam,
Qalbim qiynoqda, qorong`u olam,
Bu hammasi sani sevib qolgan
O`sha kundan boshlab.
Nimagadir san o`zingni
Berkitasan ko`zlarimdan,
Sog`indim, ko`rishaylik, degan
Kunlarimdan boshlab.
Yonimda, yonimda, bo`l yonimda,
Yonimda, yonimda, bo`l yonimda.
O`yin qilmagin san, o`yin emas qalbim,
Yuragim qo`llarida sanga bo`lgan sevgim.
Kel, mehrimda sani sovuqdan isitay,
Hayotimni, yolg`izim, san bilan aylanay.
Sandan boshqa kerakmas manga,
Mandan ham boshqa kerakmas sanga,
Kimlardir, nimalardir endi
Tiqilar o`rtaga.
Sayr etsam deyman ko`nglingda,
E’tiboring quyoshdir manga,
Orzularimizni yulduzdek
Sanaylik, kel, birga.
Yonimda, yonimda, bo`l yonimda,
Yonimda, yonimda, bo`l yonimda.
O`yin qilmagin san, o`yin emas qalbim,
Yuragim qo`llarida sanga bo`lgan sevgim.
Kel, mehrimda sani sovuqdan isitay,
Hayotimni, yolg`izim, san bilan aylanay.
Yonimda, yonimda, bo`l yonimda,
Yonimda, yonimda, bo`l yonimda.
O`yin qilmagin san, o`yin emas qalbim,
Yuragim qo`llarida sanga bo`lgan sevgim.
Kel, mehrimda sani sovuqdan isitay,
Hayotimni, yolg`izim, san bilan aylanay.