Sevganim mani yapon qizi,
Sochlari “kare”, “piska” ko`zi.
Kulib turar tinmay yuzi,
Ishqim tushgan shunga o`zi.
Mayda-mayda qadam tashlab,
Yaponiyada yorim yashar.
Bizlarda “salom aleykum” bo`lsa,
Ularda “konnichi wa” deb so`rashar.
Qani jo`rajonlar, ketdik-ou,
Manga endi farqi yo`q.
Samolyotda uchamizmi,
“Qattasan-o`” Tokio?
Shaq-shaq-shaq o`ynab boraman
“Andijonning polka”siga,
O`ynataman yaponlarni
Xorazmning lazgisiga. (x2)
Onam aytar: kel o`g`lim,
Yapon qizni qo`y, o`g`lim.
Ana qo`shni mahalladagi
Saodatni sev, o`g`lim.
Xo`p-xo`p-xo`p derdimu,
Lekin yapon qizi yoqadi.
Qurib ketgur bu yurak
Faqat uni sevadi.
Qani jo`rajonlar, ketdik-ou,
Manga endi farqi yo`q.
Samolyotda uchamizmi,
“Qattasan-o`” Tokio?
Shaq-shaq-shaq o`ynab boraman
“Andijonning polka”siga,
O`ynataman yaponlarni
Xorazmning lazgisiga. (x2+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 12, 2016