Senga ishondim bekor,
So`zlaringda yolg`on bor.
Avval qilib olib yor,
So`ngra qilding meni xor.
Mayli ketsang ketaver,
O`zgalarni deyaver.
Endi menga farqi yo`q,
Sen meniki yoki yo`q.
Ko`zlarimdagi bu yosh
Qurib ko`kka uchganda,
Qaytib kelarsan bir kun,
Men o`zgani quchganda.
Lekin kech bo`lar afsus,
O`tib ketadi bu kuz.
Uchrashganda yuzma-yuz,
Aytarman senga afsus.
Sen mendan kechgansan,
Endi afsuslanmagin.
Sen mendan ketgansan,
Endi qaytib kelmagin. (x2)
Mana o`sha kun keldi,
Oradan oylar o`tdi,
O`tmishim qaytib kelib,
Meni kechiring, dedi.
Endi nima keragi bor,
Menda endi o`zga yor.
U naqadar baxtiyor,
Baxtiga men vafodor.
U menga bergani baxt,
Sendan olganim-ku – dard.
Oramizda muhabbat,
Sen bilan esa nafrat.
Endi ket, qaytib kelma,
Meni ortiq eslama.
Men seni unutganman,
Unutgin, afsuslanma.
Sen mendan kechgansan,
Endi afsuslanmagin.
Sen mendan ketgansan,
Endi qaytib kelmagin. (x2+x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 17, 2016