Abdulaziz Karim (Asr guruhi) - Qurbon bo'laman qo'shiq matni, lyrics

Abdulaziz Karim

Qurbon bo’laman

Jonim uchun sadqayu, qurbon bo’laman,
Ko’zlardan uzoq bo’lsa, parishon bo’laman.
Ko’rganda go’zal husnu-jamoling,
Hayratda qolib, surati bejon bo’laman. (x2)

Qurbon bo’laman, qurbon bo’laman,
Qurbon bo’laman hayratda qolib.
Qurbon bo’laman, qurbon bo’laman,
Hayratda qolib, surati bejon bo’laman.

Bir lahza ko’ngil to’xtamay izlar, netayin?
O’ylab o’z ishim ustida, hayron bo’laman.
Kulbam sariga qo’ysa qadamin,
Boshim qo’yib, yo’lga nigoron bo’laman.

Lutf aylasa, bo’lsa muyassar karamim,
Men ham abadiy bir ulug’ inson bo’laman.
Vasf aylag’an sahfada yursa qalamim,
Qalbim to’lib, zavqi g’azalxon bo’laman.

Qurbon bo’laman, qurbon bo’laman,
Qurbon bo’laman hayratda qolib.
Qurbon bo’laman, qurbon bo’laman,
Hayratda qolib, surati bejon bo’laman. (x1+x2)

* * *

Абдулазиз Карим (Аср гуруҳи) – Қурбон бўламан

Жоним учун садқаю, қурбон бўламан,
Кўзлардан узоқ бўлса, паришон бўламан.
Кўрганда гўзал ҳусну-жамолинг,
Ҳайратда қолиб, сурати бежон бўламан. (х2)

Қурбон бўламан, қурбон бўламан,
Қурбон бўламан ҳайратда қолиб.
Қурбон бўламан, қурбон бўламан,
Ҳайратда қолиб, сурати бежон бўламан.

Бир лаҳза кўнгил тўхтамай излар, нетайин?
Ўйлаб ўз ишим устида, ҳайрон бўламан.
Кулбам сарига қўйса қадамин,
Бошим қўйиб, йўлга нигорон бўламан.

Лутф айласа, бўлса муяссар карамим,
Мен ҳам абадий бир улуғ инсон бўламан.
Васф айлаған саҳфада юрса қаламим,
Қалбим тўлиб, завқи ғазалхон бўламан.

Қурбон бўламан, қурбон бўламан,
Қурбон бўламан ҳайратда қолиб.
Қурбон бўламан, қурбон бўламан,
Ҳайратда қолиб, сурати бежон бўламан. (х1+х2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qurbon bo’laman
Xonanda:
Abdulaziz Karim
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 23, 2020

O'xshash qo'shiqlar matnlari