Goho sizning borligingiz unutdim,
Yo‘llarimga zorligingiz unutdim.
Umidlari kesilgan bu dunyoda
Yolg‘iz umidvorligingiz unutdim. {x2}

Oshno topdim va lekin do‘st topmadim,
Oq ko‘ngilli bir qora ko‘z topmadim.
Shamollarga sovurdim gul so‘zlarni,
Lekin sizga bir shirin so‘z topmadim.
Ona, sizga bir shirin so‘z topmadim…

G‘animatim, omonatim, onam-a, onam,
Hayotim, misli jannatim, onam-a, onam.
G‘animatim, omonatim, onam-a, onam,
Mehri daryo, chiroyligim, onajon, onam.

Goho falak menga bag‘ritosh keldi,
Ishonganim g‘animga yo‘ldosh keldi.
Omad ketsa, hamma kuldi ustimdan,
Faqat sizning ko‘zingizga yosh keldi.
Ona, sizning ko‘zingizga yosh keldi.

G‘animatim, omonatim, onam-a, onam,
Hayotim, misli jannatim, onam-a, onam.
G‘animatim, omonatim, onam-a, onam,
Mehri daryo, chiroyligim, onajon, onam.

Hoki poyingizni ko‘zimga suray,
O‘zim yarim ko‘nglingizni to‘ldiray.
Bir chekkaga surib qo‘yib dunyoni,
O‘g‘il bo‘lib yoningizda o‘tiray.
Ona, sizning yoningizda o‘tiray.

G‘animatim, omonatim, onam-a, onam,
Hayotim, misli jannatim, onam-a, onam.
G‘animatim, omonatim, onam-a, onam,
Mehri daryo, chiroyligim, onajon, onam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 19, 2021