Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo`lib ketar bo`lding, Laylo.
Parvo ham qilmay menday gadoga,
Kimni baxtli etar bo`lding, Laylo? (x2)
To`lin oyday to`ldingmi,
Oydek kelin bo`ldingmi?
Besh-to`rt so`mga sotilib,
Boyga kelin bo`ldingmi, Laylo?
Jigit bo`lmay o`layin,
To`ydan qoldim uyalib,
Endi o`ltiribmanda
Majnuntolga suyanib, Laylo.
Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo`lib ketar bo`lding, Laylo.
Parvo ham qilmay manday gadoga,
Kimni baxtli etar bo`lding, Laylo?
To`ying kuni, to`y kuni
To`yxonadan qaytdim men,
Mayxonadan qaytguncha
Shu termani aytdim men, Laylo.
Eh odamlar, odamlar,
Sizga qo`shiq kuyladim,
Baxshilar termasidan
Oz-oz qo`shib kuyladim, Laylo.
Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo`lib ketar bo`lding, Laylo.
Parvo ham qilmay manday gadoga,
Kimni baxtli etar bo`lding, Laylo?
Endi o`yga tolaman,
Men omadsiz bolaman,
Do`mbiramni quchoqlab,
Endi qayga boraman, Laylo?
Soy bo`yida o`ltirib,
Endi kuyib kuylayman,
Sevgingga ham o`t tushsin,
Endi qaytib suymayman, Laylo!
Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo`lib ketar bo`lding, Laylo.
Parvo ham qilmay menday gadoga,
Kimni baxtli etar bo`lding, Laylo?
E, Qashqadaryodan Surxondaryoga
Kelin bo`lib ketar bo`lding, Laylo.
Parvo ham qilmay menday bechoraga,
Kimni baxtli etar bo`lding, Laylo?
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 25, 2016