[Adham Soliyev]
Tavakkal qilib keldim
Surxondan, Surxondan.
Umidim bor oh sizdek
Janondan, janondan.
Baland dorsiz, bilamiz,
Yetarmikan qo`limiz?
Palov bilan siylaysiz,
Bir tushibdi yo`limiz.
[Ozoda Nursaidova]
Surxondayralik yigit,
Baland dorga osilmang.
Mehmon bo`lish qochmaydi,
Siz bunchalar shoshilmang!
Hali sizning so`zingiz
Elda bo`lar ovoza.
Men onamning erkasiman,
Ozodaman, Ozoda.
[Adham Soliyev]
Qo`lingizdan choy ichsam – bir
Armonim, armonim.
Bo`ling bir kun bo`lsa ham-ey
Mezbonim, mezbonim.
[Ozoda Nursaidova]
Mehmon qilay yetganicha
Imkonim, imkonim.
Haddingizdan oshmang faqat,
Mehmonim, mehmonim!
[Adham Soliyev]
Cho`g` taftidan nur bo`lib,
Yonib turar yuzingiz.
Yuragingiz kuymoqda –
Aytib turar ko`zingiz.
Taom asli bahona,
Sizni bir ko`rmoq edi.
Mening asli niyatim
Ko`nglingiz so`rmoq edi.
[Ozoda Nursaidova]
Taftim chog` kuydiradi,
Omon qolasiz arang.
O`choqqamas, avvalo
Yuragimga o`t qalang.
Taomim yoqib qolib,
Kelavermang qoshimga.
Har kuni bezor qilib-ey,
Balo bo`lmang boshimga.
[Adham Soliyev]
Qo`lingizdan choy ichsam – bir
Armonim, armonim.
Bo`ling bir kun bo`lsa ham-ey
Mezbonim, mezbonim.
[Ozoda Nursaidova]
Mehmon qilay yetganicha
Imkonim, imkonim.
Haddingizdan oshmang faqat,
Mehmonim, mehmonim!
[Adham Soliyev]
Jonni ko`p kuydirasiz,
Juda yaxshi bilaman.
Palovingiz mazasin
Sog`inganda kelaman.
Taftingizdan kuysam ham,
Dardim pinhon yonaman.
Men vafodor jigitman,
Yoningizda qolaman.
[Ozoda Nursaidova]
O`zbekning har bir qizi
Qo`li shirin pazanda.
Nima tashlasa agar,
Qiyom bo`lar qozonda.
Shoshmang, sinab ko`ramiz,
Oshga o`tin yorasiz.
O`tinga kuch yetmasa,
Mendek yordan qolasiz!
[Adham Soliyev]
Qo`lingizdan choy ichsam – bir
Armonim, armonim.
Bo`ling bir kun bo`lsa ham-ey
Mezbonim, mezbonim.
[Ozoda Nursaidova]
Mehmon qilay yetganicha
Imkonim, imkonim.
Haddingizdan oshmang faqat,
Mehmonim, mehmonim!
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 30, 2018