Ko`kda yulduzlarga termulib uzoq,
Yana seni eslab o`yga tolaman.
Meni sevishingni bilsam-da, biroq
Yuragimni qiynab sendan tonaman.
Nega biz ayrildik, o`zim bilmayman,
Nega doim birga bo`lolmadik biz?
Nega shundan beri unutolmayman?
Baxtimiz qasrini qurolmadik biz.
Yuragim o`zi kutadi hamon,
Bilaman, jonginam, qaytarsan bir kun.
Bilginki, yodimda saqlayman har on,
Sevaman deb ilk bor aytilgan u kun.
Nega biz ayrildik, o`zim bilmayman,
Nega doim birga bo`lolmadik biz?
Nega shundan beri unutolmayman?
Baxtimiz qasrini qurolmadik biz. (x1+x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 26, 2016