Jahongir Otajonov va Ali Otajonov - Yo hazrati Muhammad qo'shiq matni, lyrics

Ali Otajonov, Jahongir Otajonov

Ya hazrati Muhammad

Allohumma solli ‘ala, sayyidina Muhammadinin,
Nabiyyil-ummiyyi va ‘ala, alihi va sahbihi va sallim. (x2)

[Jahongir Otajonov]
Arshning qubbalariga oti nurla yozilgan,
Ismi samoda Ahmad, yerda Muhammad bo’lgan.
Yetti qavat ko’klardan Haq jamolini bilgan,
Avvalo yer elchisi – yo hazrati Muhammad!

[Ali Otajonov]
Quyosh ham u kechaning nuriga sajd etarkan,
Yulduzlar mashk ichinda, koinot vajd etarkan.
Butun hamdu-sanolar Robbimizga yetarkan,
U kecha sendan kelgan, yo hazrati Muhammad!

Allohumma solli ‘ala, sayyidina Muhammadinin,
Nabiyyil-ummiyyi va ‘ala, alihi va sahbihi va sallim. (x2)

[Jahongir Otajonov]
Ka’bada shirk toshlari – butlar yerga donarkan,
Jaholat bayroqlari bitta-bitta inarkan.
Ming yillik kufr otashi abadiyan so’narkan,
Avvalo yer elchisi – yo hazrati Muhammad!

[Ali Otajonov]
Meʼroj kechasi bir-bir ochilar ekan ko’klar,
Seni salomlarkan har qavatda payg’ambarlar.
Shunday bir on keldiki, turdi butun malaklar,
Haqqa yolg’iz yurding sen, yo Hazrati Muhammad!

Allohumma solli ‘ala, sayyidina Muhammadinin,
Nabiyyil-ummiyyi va ‘ala, alihi va sahbihi va sallim. (x2)

Yo Muhammad sollallohu alayhi vasallam… (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ya hazrati Muhammad
Xonanda:
Ali Otajonov, Jahongir Otajonov
Muallif:
Jahongir Otajonov
Bastakor:
Jahongir Otajonov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
January 6, 2021