Alibobo - Qosh

Alibobo

Qalam qosh

Olovuddinning shamchirog’i,
Katta jinning o’rtog’i,
Uchar gilamning parvozi
Yordam bermadi. (yo’ge?)

Hazil-huzul latifalar,
Xilma-xil hikoyalar,
Tanish-bilish zo’r akalar
Qo’lidan kelmadi.

Ey, san o’zing ko’ngliga nazar sol,
Xayoli, fikrida nimalar bor?
Bilib olish qiyin-u,
Qiz bola befarq-u bebosh,
Qiz bola hali yosh.

Ey yosh, qalam qosh,
Beshafqatu bebosh.
Sevgimni anglamas,
Yuragi tosh, qora qalam qosh. (x2)

Bayramning zambaragi,
Erta bahorning varragi,
Atir gullarning kapalagi
Uyg’ota olmadi. (yo’ge?)

Qimir-qimir qoshlaring uchir,
Sho’x-sho’x kulib, oson kechir.
Teskari qarab ketaverma,
Sabrim qolmadi.

Ey, san uning ko’ngliga nazar sol,
Xayoli, fikrida nimalar bor?
Bilib olish qiyin-u,
Qiz bola befarq-u bebosh,
Qiz bola hali yosh.

Ey yosh, qalam qosh,
Beshafqatu bebosh.
Sevgimni anglamas,
Yuragi tosh, qora qalam qosh. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qalam qosh
Xonanda:
Alibobo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2015