Bir bor ekan, bir yo`q ekan,
Bu voqea qadim emas, yaqin zamonda bo`lgan ekan.
Ertak qahramoni yosh bola,
Yosh bola ham yuvosh bola.
Vodiyda yashab yurgan vaqt
Yuragiga tugibdi zo`r ahd.
Bu orzusi shundayin ekan:
Katta bo`lsam, katta bo`lsam,
Katta odam bo`laman, derkan.
Vafo qilmoq uchun bu ezgu ahdga,
Uydagilari yuborishibdi uni o`qishga poytaxtga.
Yosh bolamasmi, bundan hayrati oshibdi,
Yo`lda qachon kelamiz, deb rosa shoshibdi.
Manzilga yetib kelgan chog`
Ko`zi internat degan yozuvga tushibdi.
Kichina bolachalar qo`l ushlashib yurarkan unda,
Bir havotir aylanibdi ko`nglida shunda:
Onam meni tashlab ketyapti…
Eh, g`o`r bolaya, g`o`r bola,
Qaysi ona tashlab ketardi jigarbandini?
Axir ayirmoq osonmidi yurakbandini?
Sen bilsayding, sen bilsayding,
Kelajaging o`ylab u fursat
Onangga ham kerak bo`lgan katta jasorat.
Axir seni sendan ko`proq sog`inardiku har muddat.
Ammo bu yerda qolishing ertang uchun,
Kelajaging uchun edi shart.
Xullas, bola u o`qishga kiribdi,
Kunlar o`tmay sog`inch dardin tuyibdi.
Kunduzlari bolachalar fortepiano, rubob,
Nay puflab, g`ijja bag`ring obdon tig`lashar ekan.
Kechalari esa, kechalari esa uyini sog`inib,
Yostig`ini quchoqlab, jim yig`lashar ekan…
Ona, Ona…
Bolalikda qo’shilib qoldim
Omad izlab shohsganlarga-yo,
Onam quchog’idan bu taqdir
Yulib otdi Toshkanlarga-yo.
Musiqa maktabda o’qirdi,
Kim bosh silab, kimdir do’q urdi.
Diydoringni sog’inib bolang,
Onamga deb she’rlar to’qirdi.
Menga yoqar yagona, orasida bir dona,
Uch kun o’tmay sog’indim,
Uyga mani olib ket, Ona,
Uyga mani olib ket, Ona.
Taqdirimda bormikan omad?
Otiga mindirarmi shuhrat?
U kungacha yetarmi toqat?
E, qachon katta odam bo’laman-o?
Sabrim yetmas, olib ket, Ona.
O’rtoqlarim yurgandir o’ynab,
Sho’xlik qilib, hammani qiynab.
Tengqurlarim yurgandir o’ynab,
Sho’xlik qilb hammani qiynab.
Yoningda yuray deyman yayrab,
Qo’y, yupatma, qilma bahona,
Yaxshi ko’rsang, olib ket, Ona.
O’tinchin bor yagona,
Tilagim bor bir dona,
Sho’xlik qilmay o’ynayman,
Olib ketaqolgin, jonim, jon Ona,
Oh, Ona…
Ko’chaga chiqdim telefon qilgani,
Bir xursand qilay dedim sani.
Shogird qilib oldilar mani,
Balki shudir baxtim kulgani,
Ustozimni duo qil, Ona,
Yana ozgina sabr qil, Ona.
Muxlis guli atrin taratdi,
Omad tashvishlarni aritdi,
Gullaringiz atrin taratdi,
Omad tashvishlarni aritdi,
O’n yoshga kirmagan o’glingni
Ayriliq yuz yoshga qaritdi.
Oh, yomon qaritdi.
O’tinchin bor yagona,
Tilagim bor bor dona,
Man safarda qolib ketdim,
Manikiga kelib turgin, Ona,
Doim yonimda yurgin, Ona.
Yosh bola bo’lgim kelyabdi, Ona.
Omad kelib qo’shilib qoldim,
Baxt dovonin oshganlarga-yo.
Chin yurakdan omad tilayman
Toshkanlarga shoshganlarga-yo.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 13, 2020