Alisher Fayz - Ozarbayjon go'zali

Alisher Fayz

Ozarbayjon go’zali

Bedor tunlar qo`limda
Fuzuliyning g`azali,
O`g`irladi xayolim
Ozarbayjon go`zali.

E, o`rin olib tushimdan,
Ayrib meni hushimdan,
Axtarib borishimdan
O`zga chora yo`q. (x2)

Oh mazalim, mazali,
So`zlari bol, mazali,
O`g`irladi xayolim
Ozarbayjon go`zali.

Mazza-mazza, mazali,
So`zlari bol, mazali,
Go`zali-yey go`zali,
Ozarbayjon go`zali.

Do`ppi kiyib, Bakuga
Otlar minib boraymi?
Odatimizga ko`ra
O`tin yorib beraymi?

Arshi molchi bobodan
Duo olib qaytamiz,
Sevgini kuyga solib,
To`yimizda aytamiz. (x2)

Oh mazalim, mazali,
So`zlari bol, mazali,
O`g`irladi xayolim
Ozarbayjon go`zali.

Mazza-mazza, mazali,
So`zlari bol, mazali,
Go`zali-yey go`zali,
Ozarbayjon go`zali.

Dugona bo`lar sizga
O`zbegimning go`zali,
Atlas kiyib yurasiz
Ozarbayjon go`zali.

Bo`yingizga yarashar
O`zbek yigit bo`ylari,
Shu baxona fayz olar
Alisherning kuylari. (x2)

Oh mazalim, mazali,
So`zlari bol, mazali,
O`g`irladi xayolim
Ozarbayjon go`zali.
Mazza-mazza, mazali,
So`zlari bol, mazali,
Go`zali-yey go`zali,
Ozarbayjon go`zali. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ozarbayjon go’zali
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 12, 2016