Alisher Fayz - Sedanali qo'shiq matni, lyrics

Alisher Fayz

Sedanali

Qamchiq dovonidan o`tsam,
Shodligim dunyoga tatir.
Peshvoz chiqar go`zallar,
Qo`llarida shirmoy patir.

Bir lahzada o`rab olar,
“Nechta?”, deya so`rab qolar.
Bir yonimda xushro`y patir,
Bir yonimda xushbo`y atir.

Shovqin-suron avjlanadi,
Xaridorlar oshgan sari.
Patirlari sedanali,
Ham jizzali yana bari.

Yoqadimi, yoqmaydimi,
Qo`lingizga tutib qo`yar.
Patirlarga yozilgan
Telefon raqamlari.

Erib ketib qizlarning
So`zlarining qaymog`idan,
Shartmi-yo`qmi olaverasiz
Patirlarning qaynog`idan.

Erib ketib qizlarning
So`zlarining qaymog`idan,
Shartmi-yo`qmi olaverasiz
Patirning qaynog`idan.

Oq sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog`li.
Oh, sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog`li.

E, dovonning cho`qqisidan
Tong misoli boqar qizlar.
Barchaga teng shirin so`zlab,
Savdosin uyg`otar qizlar.

Hatto kelishmagan shoir –
Botirni ham chaqirib,
“Hoy, chiroyli aka”, deya
Patirlarin sotar qizlar.

Shovqin-suron avjlanadi,
Xaridorlar oshgan sari.
Patirlari sedanali,
Ham jizzali yana bari.

Yoqadimi, yoqmaydimi,
Qo`lingizga tutib qo`yar.
Patirlarga yozilgan
Telefon raqamlari.

Erib ketib qizlarning
So`zlarining qaymog`idan,
Shartmi-yo`qmi olaverasiz
Patirlarning qaynog`idan.

Erib ketib qizlarning
So`zlarining qaymog`idan,
Shartmi-yo`qmi olaverasiz
Patirning qaynog`idan.

Oq sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog`li.
Oh, sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog`li.

Issig`-ey, issig`-ey,
Qo`llarim kuydi-yey.
Issig`-ey, issig`-ey,
Voy, qo`llarim kuydi-yey.

Oq sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog`li.
Oh, sedanali, qora sedanali,
Yana qaymoqli, yana saryog`li.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sedanali
Xonanda:
Alisher Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2017