Alisher Ilmolimov - Ota-onang topilmaydi qo'shiq matni, lyrics

Alisher Ismailov

Ota-onang topilmaydi

Mol-u davlatni topgaysan, ota-onang topilmaydi,
Keyin bunday noyob gavhari, durdonang topilmaydi.

Sening mehring ular koʻngil toʻrida saqlagaylarkim,
Ulardan boshqa birovda bu koshonang topilmaydi. (x2)

Mol-u davlatni topgaysan, ota-onang topilmaydi,
Keyin bunday noyob gavhari, durdonang topilmaydi. (x2)

Hayal qilsang kutib, ostonani teshgay ular koʻzi,
Ular ketganda bu yangligʻ zor ostonang topilmaydi. (x2)

Unutma avvalo ota-onang holini soʻrmoqni,
Judo boʻlgach oʻzing oqlashga bahonang topilmaydi.

Mol-u davlatni topgaysan, ota-onang topilmaydi,
Keyin bunday noyob gavhari, durdonang topilmaydi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-onang topilmaydi
Xonanda:
Alisher Ismailov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
April 18, 2021