Tunlar uyquda orom bilmaydi,
Eh, nega bu sevgi buncha qiynaydi?
Yostig`ini qucha tinmay yig`laydi,
Aldana, aldana bir qiz yig`laydi. (x2)

Aldana, aldana bir qiz yig`laydi,
Xotira, xotira qalbini tirnaydi.
Sevgini, sevgini tinmay qarg`aydi,
Sevmaydi, endi hech kimni sevmaydi. (x2)

Ahdini buzgan yolg`on oshiqdan kuygan,
Tun kecha ishqida qiynala zardoblar yutgan.
Qizgina yig`lar, yulduzlar unsiz yig`lar,
Jo`r bo`la, jo`r bo`la osmonlar yig`lar.

Qizgina dardini hech kim bilmaydi,
Bilmaydi, bilmaydi.
Aldana, aldana bir qiz yig`laydi,
Yig`laydi, yig`laydi.

Aldana, aldana bir qiz yig`laydi,
Xotira, xotira qalbini tirnaydi.
Sevgini, sevgini tinmay qarg`aydi,
Sevmaydi, endi hech kimni sevmaydi. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aldana
Xonanda:
Alisher Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 3, 2019