[Jasurbek Mavlonov]
Og`ir kunda yoningda,
Quvonchu-shodligingda,
Ham boru ham yo`g`ingda
Bir do`sting bo`lsin ekan.

Kelganda kulfat, balo,
Qo`llagaydir doimo.
Shunday aziz, bebaho
Bir do`sting bo`lsin ekan.

[Alisher Zokirov]
Og`ir kunda yoningda,
Quvonchu-shodligingda,
Ham boru ham yo`g`ingda
Bir do`sting bo`lsin ekan.

Kelganda kulfat, balo,
Qo`llagaydir doimo.
Shunday aziz, bebaho
Bir do`sting bo`lsin ekan.

[Alisher Zokirov va Jasurbek Mavlonov]
Bir do`sting bo`lsin ekan,
Bir do`sting bo`lsin ekan.
Molinggamas joningga
Do`st bo`lib tursin ekan.

Bir do`sting bo`lsin ekan,
Chin do`sting bo`lsin ekan.
Boylikkamas boringga
Do`st bo`lib tursin ekan.

[Alisher Zokirov]
Sen tomon bo`lib har on,
Yuz o`girmay hech qachon,
Ko`ksini qilib qalqon,
Bir do`sting bo`lsin ekan.

Olis ketsang kutguvchi,
Seni deb qayg`uruvchi,
Dardingni tinglaguvchi
Bir do`sting bo`lsin ekan.

[Jasurbek Mavlonov]
Sen tomon bo`lib har on,
Yuz o`girmay hech qachon,
Ko`ksini qilib qalqon,
Bir do`sting bo`lsin ekan.

Olis ketsang kutguvchi,
Seni deb qayg`uruvchi,
Dardingni tinglaguvchi
Bir do`sting bo`lsin ekan.

[Alisher Zokirov va Jasurbek Mavlonov]
Bir do`sting bo`lsin ekan,
Chin do`sting bo`lsin ekan.
Molinggamas joningga
Do`st bo`lib tursin ekan.

Bir do`sting bo`lsin ekan,
Chin do`sting bo`lsin ekan.
Boylikkamas boringga
Do`st bo`lib tursin ekan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Chin do’st
Xonanda:
Alisher Zokirov, Jasurbek Mavlonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 20, 2019