Alisher Zokirov - Dardi bedavoman qo'shiq matni, lyrics

Alisher Zokirov

Dardi bedavoman

Yuragimning darmoni sen o`zing,
Ko`zlarimning qarog`i sen o`zing,
Visoling – dardim, dardi bedavoman. (x2)

Hey, yuzi xolmi, labi bolmi,
Bir qarashda aqlim oldi.
Kiprigi kamon, bu holim yomon,
Omon-omon. (x2)

Bu sadafmi yo sanammi,
Yoki xayoldagi malakmi?
Visoli – dardim, dardi bedavoman.
Unga bo`lgan talabim osmon,
Har bir so`zi dardimga darmon,
Visoli – dardim, dardi bedavoman.

Yuzi xolmi, labi bolmi,
Bir qarashda aqlim oldi.
Kiprigi kamon, bu holim yomon,
Omon-omon. (x2)

Majnun-u Qays bo`ldi ulfatim,
Bulutlarga yozaymu xatim?
Ul hurni o`ylash dildagi rohatim. (x2)

Hey, yuzi xolmi, labi bolmi,
Bir qarashda aqlim oldi.
Kiprigi kamon, bu holim yomon,
Omon-omon. (x2)

Yuragimning darmoni sen o`zing,
Ko`zlarimning qarog`i sen o`zing,
Visoling – dardim, dardi bedavoman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dardi bedavoman
Xonanda:
Alisher Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018