Mayli, shunday bag`rim qon bo`lsin,
Ozoringdan ming fig`on bo`lsin,
Qalbim mudom armonga to`lsin,
Mensiz baxtli bo`lgin sen, yorim.

Meni dema, unitgin mayli,
Yurak bo`lsin pora va pora.
Yolg`iz qolay dunyoda mayli,
Mensiz baxtli bo`lgin sen, yorim.

Ozorlardan guldasta yasab,
Armonlarin menga tutsinlar.
Tilagim shu umrbod faqat:
Mensiz baxtli bo`lgin sen, yorim.

Suyanganim Allohim bordir,
Faqat poklik qalbimga yordir.
Xiyonat – bu men uchun ordir,
Mensiz baxtli bo`lgin sen, yorim.

Mensiz baxtli bo`lgin sen, yorim,
Mensiz baxtli bo`lgin sen, yorim… (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mensiz
Xonanda:
Alisher Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 27, 2018