(Tunning yarmi, onajon, hamma ishidan uyquda,
Nechun sening qo`llaring hamon duoda?
O`zingni o`ylamay, faqat bizni but qilding, {x2}
Ajin tushgan yuzlaringga oy teng kelmas osmonda. {x2})

Dardingga darmon o`zim bo`laman,
Qalbingga malham farzand bo`laman. (x2)
Shuncha qaro tunlarni o`tkazding, ona,
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo`laman? (x2)

Boshimni silab, duogo`yimsan, ona,
Yaxshi-yomon kunimda o`zing parvona.
Ikki dunyo ulug` zot sensan u, ona,
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo`laman?

Sajdagohim onam, farishtam o`zing,
Bu dunyoda jannatim, jannatim ko`zing.
Hayotimga quyoshmas, nur berar yuzing,
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo`laman?

Soching oqlariga bo`ldim aybdor,
Senga hali, onam, qancha ajr bor?
Qo`y yig`lama, onam, yig`lab nima bor?
Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo`laman?

Xizmatingni qilmasam, ayt kim bo`laman?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona
Xonanda:
Alisher Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 13, 2019