Anvar G'aniyev - Oy kulcha

Anvar G'aniyev

Oy kulcha

Ey yuzlari oykulcha,
Mag`rur bo`lmangda buncha.
Bir bor qiyo boqsangiz,
Turing dunyo turguncha. (x2)

Bir boqishga or etmang,
Oshiq ko`nglim og`ritmang.
Solib bo`nimga sirtmoq,
Sochingizni dor etmang. (x2)

Ey yuzlari oykulcha,
Mag`rur bo`lmangda buncha.
Bir bor qiyo boqsangiz,
Turing dunyo turguncha. (x2)

Kechib o`taymi soyni?
Olib beraymi oyni?
Buncha meni qiynaysiz,
Qizisiz qaysi boyni?

Talpinar dil siz tomon,
Siz yaxshi-yu men yomon.
Garchi yomon bo`lsam ham,
Baxtimga bo`ling omon.

Ey yuzlari oykulcha,
Mag`rur bo`lmangda buncha.
Bir bor qiyo boqsangiz,
Turing dunyo turguncha. (x2)

Ko`z oldimda ko`zingiz,
Kulib turar yuzingiz.
Xayolimda aylanar
Aytgan so`nggi so`zingiz.

Ey yuzlari oykulcha,
Mag`rur bo`lmangda buncha.
Bir bor qiyo boqsangiz,
Turing dunyo turguncha. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oy kulcha
Xonanda:
Anvar G'aniyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 25, 2017