Atirgul dasta-dasta,
Qo`limda qolib ketdi.
Sevgim meni xor aylab,
Qayg`uga solib ketdi.

Olib keldi qayg`u-g`am,
Dilda alam, ko`zda nam.
Begonaga bo`lding yor,
Sevgilim, qoshi qalam.

Ey nozanin, zebo yor,
Qomatlari barno yor.
Qilding meni xoru-zor,
Baxtli bo`l, jonim.

Sotqin yorni kutganda,
Afsusdan qon yutganda,
Men dunyodan o`tganda,
Eslab qo`y, jonim.

Atirgul dasta-dasta,
Qo`limda qolib ketdi.
Sevgim meni xor aylab,
Qayg`uga solib ketdi.

Eslagin meni jonim,
Sokin tonglar otganda.
Xiyonatdan qon yig`lab,
Ko`zingda yosh qotganda.

Ey nozanin, zebo yor,
Qomatlari barno yor.
Qilding meni xoru-zor,
Baxtli bo`l, jonim.
Sotqin yorni kutganda,
Afsusdan qon yutganda,
Men dunyodan o`tganda,
Eslab qo`y, jonim. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Atirgul
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 6, 2018