Anvar Sanayev - Atirgullar uzdim men qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Atirgullar uzdim men

Atirgullar uzdim men,
Guldastalar tuzdim men,
Qo`llarimga sanchildi –
Tikonlari bor ekan.

Chin sevganim, yorginam,
Ko`zlari xumorginam,
Ko`ksimga boshin qo`yib,
Begonaga zor ekan.

Kuydim bevafolardan,
Bu jabr-u jafolardan,
Muhabbatning yo`llari
Bunchalar ham tor ekan.

Taqdir ekan, naylayin,
Kimga ham dod aylayin?
Jondan sevgan yorimning
O`z sevgani bor ekan.

O`z sevgani bor ekan…

Atirgullar uzdim men,
Guldastalar tuzdim men,
Qo`llarimga sanchildi –
Tikonlari bor ekan.

Chin sevganim, yorginam,
Ko`zlari xumorginam,
Ko`ksimga boshin qo`yib,
Begonaga zor ekan.

Kuydim bevafolardan,
Bu jabr-u jafolardan,
Muhabbatning yo`llari
Bunchalar ham tor ekan.

Taqdir ekan, naylayin,
Kimga ham dod aylayin?
Jondan sevgan yorimning
O`z sevgani bor ekan.

O`z sevgani bor ekan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art) va Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Atirgullar uzdim men
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2018