Anvar Sanayev - Begonaman qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Begonaman

Jonim, ko`zingdagi yosh
Meni hech tinch qo`ymaydi.
Sen o`zga yorga yo`ldosh,
Qalbim yig`lab to`ymaydi.

Sevgan yorim deganim
Yor bo`lmadi, naylayin?
Jondan aziz bilganim
Yor bo`lmadi, naylayin?

Sevgan yorim, yig`lama,
Shirin jonim, yig`lama.
Yurak-bag`rim tig`lama,
Men senga begonaman. (x2)

Oydinim oy bo`lmadi,
Ko`z yoshim soy bo`lmadi.
Mehri daryo qalbingda
Bir menga joy bo`lmadi.

Ikkimizni qoralab,
Raqiblar ham to`ymadi.
Sevib yondik, norizo
Ota-onang qo`ymadi.

Sevgan yorim, yig`lama,
Shirin jonim, yig`lama.
Yurak-bag`rim tig`lama,
Men senga begonaman. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Begonaman
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 28, 2018