Anvar Sanayev - Dardlar chekaman qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Dardlar chekaman

Sen qoshlari qaro, go`zalsan jonim,
Zebu-ziynat yig`ib, halaksan jonim.
Sen boyning qizisan, men bir bechora,
Qo`llarim yetmaydi, falaksan, jonim.

Oppoq liboslarda bir go`zal bo`lding,
Ochilib-sochilib oydayin to`lding.
O`zgaga ko`nglingni, bag`ringni berib,
Qalbim olovida guldayin so`lding.

Oh, dardlar chekaman,
Oh, ko`z yosh to`kaman,
Oh, sensiz qolaman,
Oh, taqdir, bilaman.

Sen qoshlari qaro, go`zalsan jonim,
Zebu-ziynat yig`ib, halaksan jonim.
Sen boyning qizisan, men bir bechora,
Qo`llarim yetmaydi, falaksan, jonim.

Boyligim muhabbat, borim muhabbat,
Ishonchim muhabbat, zorim muhabbat.
Taqdir ekan, netay nasib bo`lmading,
Jonimdan sevganim, yorim muhabbat.

Oh, dardlar chekaman,
Oh, ko`z yosh to`kaman,
Oh, sensiz qolaman,
Oh, taqdir, bilaman. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dardlar chekaman
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018