Anvar Sanayev - Diydoringga to'ymadim qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Diydoringga to’ymadim

Diydoringga to`ymadim,
Bir erkalab, suymadim,
Seni jonim, ismingni
Yuragimdan qo`ymadim.

Hijroningda kuymadim,
Yolg`iz seni o`yladim,
Xayolimda erkalab,
Soching silab o`ynadim.

Oh, mening suyganim,
Oh, mening kuyganim,
Diydoringga to`ymadim,
Diydoringga to`ymadim. (x2)

Diydoringga to`ymadim,
Bir erkalab, suymadim,
Seni jonim, ismingni
Yuragimdan qo`ymadim.

Sevgimni sen bilmading,
Yo`limda zor yurmading,
Qancha kutdim men seni,
Yonimga bir kelmading.

Oh, mening suyganim,
Oh, mening kuyganim,
Diydoringga to`ymadim,
Diydoringga to`ymadim. (x2+x3)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Diydoringga to’ymadim
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 26, 2018