Anvar Sanayev - Go'zalim qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Go’zalim

Go`zalim, bugun sening to`ying kechasi,
Baxtim bekasi, ko`nglim erkasi.
Go`zalim, havas qilar qizlar nechasi,
Baxtim bekasi, ko`nglim erkasi. (x2)

Bugun sening sevgan yoring og`ushiga oladi,
Bu kun menga motam bo`lib bir umrga qoladi.
Egningdagi oppoq libos umidlarim so`ndirar,
Aytolmagan sevgim meni alam bo`lib o`ldirar.

Go`zalim, bugun sening to`ying kechasi,
Baxtim bekasi, ko`nglim erkasi.
Go`zalim, havas qilar qizlar nechasi,
Baxtim bekasi, ko`nglim erkasi.

Bugun sening sevgan yoring og`ushiga oladi,
Bu kun menga motam bo`lib bir umrga qoladi.
Yoring aytgan shirin so`zlar qalbingga o`t soladi,
G`arib sevgim yuragimda armon bo`lib qoladi.

Go`zalim, bugun sening to`ying kechasi,
Baxtim bekasi, ko`nglim erkasi.
Go`zalim, havas qilar qizlar nechasi,
Baxtim bekasi, ko`nglim erkasi.

Go`zalim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art) va Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Go’zalim
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2018