Anvar Sanayev - Kelinchak qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Kelinchak

Sening oq libosingni ko`rganlar
Havas bilan senga boqib qolishar.
O`z to`yin orzu qilib yurganlar
Mehr bilan senga boqib qolishar.

Sening gul jamolingni ko`rganlar
Ishq o`tida qalbin yoqib qolishar.
Lab ostida xolingni ko`rganlar
Hayot dengizida oqib qolishar.

Bo`ylaringga yor bo`ylari yarashar,
Jamolingni ko`rgan ko`zlar qamashar.
Ota-onang shukur qilib qarashar,
Endi seni kelinchak deb atashar.

Kelinchak, baxt senga yor bo`lsin,
Kelinchak, dushmaning xor bo`lsin.
Kelinchak, muhabbat bor bo`lsin,
Kelinchak, sevganing yor bo`lsin.

Sening oq libosingni ko`rganlar
Havas bilan senga boqib qolishar.
O`z to`yin orzu qilib yurganlar
Mehr bilan senga boqib qolishar.

Oy desa, oy yuzingni ko`rganlar
O`z baxtini o`ylab, senga qarashar.
Qora qosh-u ko`zingni ko`rganlar
O`z-o`zicha so`ylab senga qarashar.

Bo`ylaringga yor bo`ylari yarashar,
Jamolingni ko`rgan ko`zlar qamashar.
Ota-onang shukur qilib qarashar,
Endi seni kelinchak deb atashar.

Kelinchak, baxt senga yor bo`lsin,
Kelinchak, dushmaning xor bo`lsin.
Kelinchak, muhabbat bor bo`lsin,
Kelinchak, sevganing yor bo`lsin. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelinchak
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2018