Anvar Sanayev - Kimga berdim seni qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Kimga berdim seni

Kimga berdim seni,
Yolg`iz yorim meni?
Sevar edim seni,
Unutdingmi meni? (x2)

Nahot endi sochlaringni silar o`zga yor,
Nahot endi o`rtamizda ayriliq bor?
Nahot endi yig`lab-yig`lab, bir kulmasang,
Nahot endi yodimsan sen hech ketmasang?

Kimga berdim seni,
Yolg`iz yorim meni?
Sevar edim seni,
Unutdingmi meni?

Nahot endi yuragingda men bo`lmasam,
Kunda ko`rib, diydoringga hech to`ymasam?
Armonimsan, ozorimsan, dil ozorim,
Netay sendan o`zgasini men suymasam?

Kimga berdim seni,
Yolg`iz yorim meni?
Sevar edim seni,
Unutdingmi meni?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kimga berdim seni
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 30, 2018