Odamlar ortimdan nima desa der,
Men seni o`ylayman o`zimdan ko`proq.
Men ketgach, yomondan yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli, ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi bo`lmas hech qachon. {x2}
Lola, lolajonim, lolaqizg`aldoq,
Lola, lolajonim, lolaqizg`aldoq. (x2)
Kelinlar ko`ylagi ruhimday oppoq,
Kimga qasr yetmas, kimga mol-dunyo,
Menga esa havo yetmaydi holos,
Tiriklar mudroqda, o`liklar uyg`oq,
Endi osmon yiroq, endi yer yumshoq.
Lola, lolajonim, lolaqizg`aldoq,
Lola, lolajonim, lolaqizg`aldoq. (x2)
Buni hayot derlar, unutma aslo,
Bir kun ochilasan, bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku faqat sen eding tanho,
Qabrim ustida ham o`zing bo`lasan,
Sen bizning sevgidan xotira, bayroq.
Lola, lolajonim, lolaqizg`aldoq,
Lola, lolajonim, lolaqizg`aldoq.
Mendan nima qolar – bir uyum tuproq,
Lola, lolajonim, lolaqizg`aldoq.
Lola, lolajonim, lolaqizg`aldoq…
Mendan nima qolar – bir uyum tuproq…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 2, 2018