Senga mendan xabar bersalar,
U yiqildi charchab desalar,
Yo`q ishonma, jonim bu so`zlar –
Do`stlar aytmas, meni sevsalar.

Yo`q ishonma, jonim bu so`zlar –
Do`stlar aytmas, meni sevsalar.

Tuproq ko`mar tanni, ko`molmas
O`tli qo`shiq to`lgan ko`nglimni.
O`lim deyish mumkinmi axir
Yengib o`tgan bunday o`limni?

O`lim deyish mumkinmi axir
Yengib o`tgan bunday o`limni?

Senga mendan xabar bersalar,
U vatanni sotdi desalar,
Yo`q ishonma, jonim bu so`zlar –
Do`stlar aytmas, meni sevsalar.

Yo`q ishonma, jonim bu so`zlar –
Do`stlar aytmas, meni sevsalar.

Senga mendan xabar bersalar,
U o`ldi endi desalar,
Yo`q ishonma, jonim bu so`zlar –
Do`stlar aytmas, meni sevsalar.

Yo`q ishonma, jonim bu so`zlar –
Do`stlar aytmas, meni sevsalar.

Senga mendan xabar bersalar…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Maktub
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 10, 2018