Anvar Sanayev - Onajon sizni esladim (Qani meni onam) qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Onajon sizni esladim

Dardlarim to`lib-to`lib,
Kunlarim mahzun bo`lib,
Ko`zlarim yoshga to`lib,
Onajon, sizni esladim,
Mehribon, sizni esladim.

Do`st xiyonat etganida,
Dushman toshlar otganida,
Qalb zardobga botganida,
Onajon, sizni esladim,
Mehribon, sizni izladim.

Qani mening onam, onajonginam,
Ko`zlari beg`ubor, mehribonginam? (x2)

Dunyo asli ko`hna g`am,
Dard bilan yashar odam,
Sizsiz mening birim kam,
Onajon, sizni esladim,
Mehribon, sizni esladim.

Do`st xiyonat etganida,
Dushman toshlar otganida,
Qalb zardobga botganida,
Onajon, sizni esladim,
Mehribon, sizni izladim.

Qani mening onam, onajonginam,
Ko`zlari beg`ubor, mehribonginam? (x4)

Qani mening onam…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajon sizni esladim
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 19, 2018