Anvar Sanayev - Qoshi go'zal qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Qoshi go’zal

Qoshi go`zal, ko`zi go`zal,
Yuzi go`zal, oh sevgilim.
Sevib, endi o`zga yorga
Kelin bo`lgan sevgilim. (x2)

Kelinchak, deb qo`lingga
Tillo uzuk taqdilar.
Kuygan bu yuragimni
Ishq o`tida yoqdilar.

Sevib yondim, bilmading,
Aytganimiz bo`lmadi.
Ahdga vafo qilmading,
Baxtimiz ham kulmadi.

Qoshi go`zal, ko`zi go`zal,
Yuzi go`zal, oh sevgilim.
Sevib, endi o`zga yorga
Kelin bo`lgan sevgilim. (x2)

Kelinchak, deb qo`lingga
Tillo uzuk taqdilar.
Kuygan bu yuragimni
Ishq o`tida yoqdilar.

Sevib yondi xumorim,
Xayolimdan ketmaydi.
Yonimda bo`lgan yorim,
Uzatsam qo`l yetmatdi.

Qoshi go`zal, ko`zi go`zal,
Yuzi go`zal, oh sevgilim.
Sevib, endi o`zga yorga
Kelin bo`lgan sevgilim. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qoshi go’zal
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2018