Anvar Sanayev - Xafa bo'ldim qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Xafa bo’ldim

Men sendan xafa bo`ldim,
Yuragi yarim bo`ldim.
Bugun sening to`yingda
Yolg`iz men ado bo`ldim. (x2)

Sendan bo`ldim men judo,
Hajringda chekdim jafo.
Sen boshqaga yor bo`lding,
Bevafo yor, bevafo.

Men tomonga boqmading,
Chiroyingni ochmading.
Aytgin nechun jonginam,
Sevgimni tan olmading?

Men sendan xafa bo`ldim,
Yuragi yarim bo`ldim.
Bugun sening to`yingda
Yolg`iz men ado bo`ldim. (x2)

Sendan bo`ldim men judo,
Hajringda chekdim jafo.
Sen boshqaga yor bo`lding,
Bevafo yor, bevafo.

Yuragimni qon qilding,
Umrimni armon qilding.
Ey, ko`zlari munchog`im,
Hayotim o`yin bilding.

Men sendan xafa bo`ldim,
Yuragi yarim bo`ldim.
Bugun sening to`yingda
Yolg`iz men ado bo`ldim. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xafa bo’ldim
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 5, 2018