Anvar Sanayev - Yig'lama qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Yig’lama

Qo`ygin, yig`lama,
Singiljonim, ko`nglimni buzma.
Ko`z yosh to`kib,
Boshing egib, bag`rimni ezma.

Bu keng dunyoda
Bir o`zingni begona sezma.
Aldovlardan umid so`nib,
Yashashdan bezma.

Yig`lama qo`y, yig`lama qo`y,
Yig`lama qo`y, mening jon singlim. (x2)

Qo`ygin, yig`lama,
G`amgin damlar o`tib ketadi.
Baxting kulib,
Yaxshi kunlar kelib yetadi.

Seni xo`rlab,
Qon yig`latgan o`sha kimsani
Ko`z yoshlaring
Girdobida xor-zor etadi.

Yig`lama qo`y, yig`lama qo`y,
Yig`lama qo`y, mening jon singlim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’lama
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 10, 2018