Anvar Sanayev - Yor-yorlar qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sanayev

Yor-yorlar

Yor-yorlar bo`ldi uyingda,
Sening to`yingda, oh mening jonim.
O`zga bir yorga berding bag`ringni,
Berding ko`nglingni, oh mening jonim. (x2)

Tog`-u toshlarga urdim boshimni,
To`kdim yoshimni, oh mening jonim.
Qaro ko`zlaring sog`insam netay,
Qaylarga ketay, oh mening jonim?

Yolg`on va’dangdan yurak-bag`rim qon,
Qalbim to`la armon, oh mening jonim.
Sendan ayrilib, men qildim faryod,
Sening ko`ngling shod, oh mening jonim.

Yor-yorlar bo`ldi uyingda,
Sening to`yingda, oh mening jonim.
O`zga bir yorga berding bag`ringni,
Berding ko`nglingni, oh mening jonim.

Tog`-u toshlarga urdim boshimni,
To`kdim yoshimni, oh mening jonim.
Qaro ko`zlaring sog`insam netay,
Qaylarga ketay, oh mening jonim?

Xiyonatlaring boshim etdi xam,
Ko`zlarimda nam, oh mening jonim.
Ming dod ayladim, o`z sevgani xor,
Begonaga yor, oh mening jonim.

Yor-yorlar bo`ldi uyingda,
Sening to`yingda, oh mening jonim.
O`zga bir yorga berding bag`ringni,
Berding ko`nglingni, oh mening jonim. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yorlar
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2018