Dunyolarga durin sochgan dengizman men,
Samolarga nurin sochgan yulduzman men, (x2)
Hech kim bilmas, hech kim ko`rmas, hech kim sezmas,
Sensiz zamin ostida bir ildizman men. (x2)

Dengizman men, yulduzman men, hofizman men,
Sensiz jonim, yolg`izman men, yolg`izman men.

Ayt qaydan ham bulbul bo`lay sensiz, gulim?
Oromim yo`q, sokinlikka ko`ndi dilim.
Ayt qaydan ham bulbul bo`lay sensiz, gulim?
Oromim yo`q, sensizlikka ko`ndi dilim.

Gap-so`zlarga, ta’nalarga ko`ndi ko`nglim,
Ishon, sensiz esizman men, izsizman men. (x2)
Dengizman men, yulduzman men, hofizman men,
Sensiz jonim yolg`izman men, yolg`izman men.

Farhod kabi qalqon etsam tog`larni men,
Majnun bo`lib cho`lga otsam dog`larni men.
Arslondayin na’ra tortsam ohlarni men,
Sen bo`lmasang, zaifman men, ojizman men.

Bir hofizman, umrim bo`yi senga shaydo,
Ko`z o`ngimda tanho sening aksing paydo.
Bir hofizman, umrim bo`yi senga shaydo,
Ko`z o`ngimda doim sening aksing paydo.

Sen yonimda bo`lmasang, men bo`lgum ado,
Yonimda bo`l, ishqim aro tengsizman men. (x2)

Dengizman men, yulduzman men, hofizman men,
Sensiz jonim, yolg`izman men, ojizman men.
Dengizman men, yulduzman men, hofizman men,
Sensiz jonim, ojizman men, hech kimman men.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dengiz
Xonanda:
Anvar Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 19, 2018