Anvar Sobirov - Seni sevdim qo'shiq matni, lyrics

Anvar Sobirov

Seni sevdim

Yig`layabdi nay, to`kiladi may,
Sensiz ne qilay jonim, seni sevdim?
Qiynadi savol, qiynadi ozor,
Aytaman takror-takror – seni sevdim.

Qo`llarimda tola soch sendan qolgan,
Qachonlardir labingdan bol labga tomgan.

Mayli sen sog`inmasang,
Qayrilmasang, qaytmasang. (x2)
Mayli mendek sevsang-sevolmasang,
Seni sevdim.

Yig`layabdi nay, to`kiladi may,
Sensiz ne qilay jonim, seni sevdim?
Qiynadi savol, qiynadi ozor,
Aytaman takror-takror – seni sevdim.

Ko`zlarimda daryo yosh, bu ne savdo?
Mag`lub bo`ldi mag`rur bosh – qilmas parvo.

Ko`rgin mening zorligim,
Majnundan ham xorligim. (x2)
Mayli bu yoshligim, xatoligim,
Seni sevdim.

Yig`layabdi nay, to`kiladi may,
Sensiz ne qilay jonim, seni sevdim?
Qiynadi savol, qiynadi ozor,
Aytaman takror-takror – seni sevdim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni sevdim
Xonanda:
Anvar Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 14, 2018