Hay tovba, tovba, tovba,
Yo`q yerdan chiqdi g`avg`o.
Ay tovba, tovba, tovba,
Shov-shuvga sabab – “shuba”. (x2)

“Jahon” kiyib birinchi,
Men kiyibman ikkinchi. (x2)
Qo`linda cho`pli do`stim,
Kovla, innan keyinchi? (x2)

Hay tovba, tovba, tovba,
Yo`q yerdan chiqdi g`avg`o.
Ay tovba, tovba, tovba,
Shov-shuvga sabab – “shuba”. (x2)

Sen dunyoni ko`rmabsan,
Ko`rganlardan so`rmabsan.
Kallang qursin, ey do`stim,
“Piar” bu deb o`ylabsan. (x2)

Hay tovba, tovba, tovba,
Yo`q yerdan chiqdi g`avg`o.
Ay tovba, tovba, tovba,
Shov-shuvga sabab – “shuba”. (x2)

Men yakka, sizlar xalqsiz,
Shu sabab sizlar haqsiz. (x2)
Chopon kiyganim bo`lsin,
Sizlarni deyman shaksiz. (x2)

Hay tovba, tovba, tovba,
Yo`q yerdan chiqdi g`avg`o.
Ay tovba, tovba, tovba,
Shov-shuvga sabab – “shuba”. (x3)

Ey tovba, tovba, tovba,
Yo`q yerdan chiqdi g`avg`o.
Ey, ayol kiyadi, debsan,
Erkak kuyadi “shuba”!

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@the3notorious)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shuba
Xonanda:
Anvar Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 22, 2019