Asad King - Unutib bo'lmayapti qo'shiq matni, lyrics

Asad King

Unutib bo’lmayapti

Unutib bo`lmayapti sening o`sha ko`zingni,
Yodimda qolib ketgan sening har bir so`zing ham.
Unutsaydim barchasini, eslamasam seni men,
Unutolmayman endi sening moviy ko`zingni.

Nega sendan kecholmay, sevaman telbalarcha,
Sen meni sevmagansan, sevardim osmonlarcha.
Yuragimni bergandim, ishongan edim senga,
Ishonchimni oqlolmay, kechyapsan endi mendan.

Ha, aybdor faqat men, gunohkor bo`ldim nega?
Mening aybim sevganim, sevilmay sevdim, erkam.
Unutolsaydim bir zumda, sen bilan o`tgan xotira,
Unutilmas endi ular, yodimda qolgani shular.

Baxtli kunlar o`tib ketdi, ketar yo`lini izlab,
Men izlagan go`zal yorim ketdi meni yolg`izlatib.
Armon bo`ldi menga u, men esa sevardimku,
Sevmaganni sevma ekan, unutib bo`lmadiku…

Unutib bo`lmayapti, yuragim urmayapti,
Seni so`raydi yurak, nima deb javob beray, ayt?
Ko`zlarimga qarab ayt, sevmaganman sizni deya,
Seni yuragimdan bilsang, o`chirib bo`lmaydi endi.

Yo`q, endi kerakmas, soxta so`zlaring olib ket,
O`sha tanlagan yo`lingda bir umrga sen qolib ket.
Unutolmadim to`g`ri, chunki sani sevganman,
Sevib turib sani man, sanga erisholmadim.

Baxtli qilmoqchi edim, lekin bunga erisholmadim,
Afsuski yuragimiz, ular kelishomadi.
Taqdirlar boshqami, yo`llarimiz boshqami,
Ikkimizni qiynama, axir yo`llar boshqaku…

Mayli roziman, ketsin mendan u,
Sevmasin boshqa, axir ular tosh qalb.
Unutamiz uni, o`tmishni eslab,
Nahotki yurmaymiz endi, qo`llarimiz ushlab.

Sog`insak yurak tirnab, yashaymiz endi chidab,
Bir birimiz ko`rmasak, yasholmasdik oldinlar.
O`sha kunlarni eslab, yurakka og`riq kirar,
Sevaman degan so`zing unutdingmi. jonginam?

Mayli baxtli bo`l, meni o`ylama,
Men ham bir kuni o`z baxtim toparman.
Yodimda qolgan sening ko`zlaring,
Unutib bo`lmas o`sha so`zlaring.

Birga bo`lmadik, ajradik oxiri,
Meni qiynama, bo`ldi ketaqol.
O`z baxting izlab, baxtga yetaqol,
Turma oldimda, tezroq ketaqol.

Yig`lama, bo`ladi, ko`z yoshingni art,
Sevmaganman deb, ko`zlarimga ayt.
Nega unutolmay, azobda yonsam,
Sendan o`zgalar bilsang, yurakka yoqmas.

So`zlarim tingla, dardlarimni ol,
Unutolmadim, yonginamda qol.
Baxtli kunimiz bir bor esga ol,
Mayli, yig`loqim, mayli ketaqol..

Unutib bo`lmayapti, yuragim urmayapti,
Seni so`raydi yurak, nima deb javob beray, ayt?
Ko`zlarimga qarab ayt, sevmaganman sizni deya,
Seni yuragimdan bilsang, o`chirib bo`lmaydi endi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Temurxon Kokand (@Temurxon7777)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutib bo’lmayapti
Xonanda:
Asad King
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 23, 2020