Oy ham botar, quyosh ham botar,
O’tayotir umr zuvillab.
Sen qaydasan, qaydasan erkam?
Sensiz qalbim qoldi huvillab. (x2)
Bu ko’nglimning ko’chalari ko’p,
Kirib chiqar xayol birma-bir.
Shomlar kelib, tun ro’mol yoyar,
Chiroq yoqsang, yorishmas hozir.
Shomlar kelib, tun ro’mol yoyar,
Chiroq yoqsang, yorishmas hozir.
Sen qaydasan, qaydasan erkam?
O’tayotir umr zuvillab.
Sen qaydasan, qaydasan erkam?
Sensiz qalbim qoldi huvillab.
Bu dunyoda bilganim o’zing,
Sendan boshqa ilinjim yo’qdir.
Peshonamga yozilgan o’zing,
Ipsiz senga bog’lagan taqdir.
Sirlashaman tushimda gohi,
O’ngimda goh bo’lasan paydo.
Goh yig’latib, goho suydirib,
Kuylatasan yuragimni oh.
Goh yig’latib, goho suydirib,
Kuylatasan yuragimni oh.
Sen qaydasan, qaydasan erkam?
O’tayotir umr zuvillab.
Sen qaydasan, qaydasan erkam?
Sensiz qalbim qoldi huvillab. (x2)
Sensiz qalbim qoldi huvillab.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 4, 2015