Sevmaganlar armonda,
Sevilganlar davronda. (x2)
Shunday go`zal zamonda
Ko`rganning ko`zi kuysin. (x2)

Buyursin, yor-yor buyursin,
Har kim suyganga suyulsin.
Buyursin, oh buyursin,
Ko`rganning ko`zi kuysin. (x2)

Bu kunlarga yetguncha
Yechildi ming tuguncha. (x2)
Endi o`la-o`lguncha
Ko`rganning ko`zi kuysin. (x2)

Buyursin, yor-yor buyursin,
Har kim suyganga suyulsin.
Buyursin, oh buyursin,
Ko`rganning ko`zi kuysin. (x2)

Hiloldan ham go`zalim,
She’rim, kuyim, g`azalim. (x2)
Sen taqdirim, azalim,
Ko`rganning ko`zi kuysin. (x2)

Buyursin, yor-yor buyursin,
Har kim suyganga suyulsin.
Buyursin, oh buyursin,
Ko`rganning ko`zi kuysin. (x2)

Ko`rganning ko`zi kuysin… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Buyursin
Xonanda:
Bahodir Mamajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 26, 2018