Bahrom Nazarov - G'aribing menman qo'shiq matni, lyrics

Bahrom Nazarov

G’aribing menman

So`zing oromijon, rohat, g`aribing menman,
Qilarman senga itoat, g`aribing menman.
Agar sen boqmasang, bilmam holim ne kechar,
Sensiz ojizman bag`oyat, g`aribing menman.

G`aribingman,
Bo`lsam ham davlati yerga sig`mas odam,
Boshim ko`klarga yetsa ham hatto har dam,
G`aribingman.

Sening ishqing uchun
Olam davlatidan ham kecharman,
Bir kun o`lim sharbatidan ham icharman,
G`aribingman.

So`zing oromijon, rohat, g`aribing menman,
Qilarman senga itoat, g`aribing menman.
Agar sen boqmasang, bilmam holim ne kechar,
Sensiz ojizman bag`oyat, g`aribing menman.

Jonim omon rahming soyasida,
Sen bittasan olam hikoyasida.
Yagonasan, bir donasan o`zing
Nihoyasida.

Ko`nglim istar jannat rizvonlaring,
Bosh ustiga amr-u farmonlaring.
Kalomingda bemor dilga shifo,
Darmonlaring.

So`zing oromijon, rohat, g`aribing menman,
Qilarman senga itoat, g`aribing menman.
Agar sen boqmasang, bilmam holim ne kechar,
Sensiz ojizman bag`oyat…

So`zing oromijon, rohat, g`aribing menman,
Qilarman senga itoat, g`aribing menman.
Agar sen boqmasang, bilmam holim ne kechar,
Sensiz ojizman bag`oyat, g`aribing menman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
G’aribing menman
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Nodir Azimov
Bastakor:
Sarvar Ergashev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 23, 2021