Hijron yurak bag`rim chaqqan kuni, chaqqan kuni,
Qo`li qo`llarimdan chiqqan kuni, chiqqan kuni,
Olis ketdi – hech yetmadim,
Qo`lim cho`zdim – tutmadim,
Qo`llarimda qo`llarining izi qoldi. (x2)
Sochlarimda qo`llarining izi qoldi, izi qoldi,
Ko`zlarimda ko`zlarining aksi qoldi, aksi qoldi,
Mendan o`tgan ayblar nima?
Hayotimdan u jimgina
Chiqib ketdi, hech bilmadi. (x2)
Baxtim ko`z yosh singari oqqan kuni, oqqan kuni,
Ko`zi o`zga ko`zga boqqan kuni, boqqan kuni,
Baxtim menga hech bitmadi,
Bir on ko`zdan ketmadi,
Ko`zlarimda ko`zlarining aksi qoldi.
Sochlarimda qo`llarining izi qoldi, izi qoldi,
Ko`zlarimda ko`zlarining aksi qoldi, aksi qoldi,
Mendan o`tgan ayblar nima?
Hayotimdan u jimgina
Chiqib ketdi, hech bilmadi.
Sochlarimda qo`llarining izi, izi, izi qoldi,
Ko`zlarimda ko`zlarining aksi qoldi, aksi qoldi,
Mendan o`tgan ayblar nima?
Hayotimdan u jimgina
Chiqib ketdi, hech bilmadi.
Qo`llar qoldi u tomon talpinib,
Qaytgil, deb ming bor yolvordim o`tinib,
Aksi qolgan ko`zimdan sochib yoshimni,
Usiz qorlar bosdi qora sochimni.
Sochlarimda qo`llarining izi qoldi, izi qoldi,
Ko`zlarimda ko`zlarining aksi qoldi, aksi qoldi,
Mendan o`tgan ayblar nima?
Hayotimdan u jimgina
Chiqib ketdi, hech bilmadi.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 20, 2017